O'zbekiston Respublikasining fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatining amalga oshirishning huquqiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini tashkil etishni tartibga solishga doir bir qator qarorlar qabul qilingan bo’lib, mazkur qarorlarda tashqi mehnat migratsiyasini davlat tomonidan boshqarish, respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketishini tashkil etish tizimi va uning mexanizmlari belgilab berilgan. Respublikamiz fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yiil 12 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 505-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Hukumatning ushbu qarori bilan respublikamiz fuqarolarini chet ellarda ishga joylashishini ta’minlaydigan mehnat organlari infratuzilmasini tashkil etish ko’zda tutilgan. Shuningdek, ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyati tartibi to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizomga ko’ra O’zbekiston Respublikasi fuqarolari chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hamda Fuqarolarni chet ellarda ishga joyilashtirish bo’yicha xo’jalik hisobidagi mintaqaviy byurolarning ko’magida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshirish huquqiga egaliklari belgilab qo’yilgan. Shunga asosan, O’zbeksiton Respublikasi bilan xorijiy mamlakatlar o’rtasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo, idoralararo shartnomlar, bitimlar tuzilgan taqdirda ularning ijrosini ta’minlash Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tasarrufiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur Nizomga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Fuqarolarni chet ellarda ishga joyilashtirish bo’yicha xo’jalik hisobidagi mintaqaviy byurolari xorijiy mamlakatlarning vakolatli idora, muassasa va tashkilotlari bilan O’zbekiston fuqarolarini chet elda ishga joyilashtirish bo’yicha hamkorlik qilish to’g’risidagi shartnomalar, bitimlar va protokollar tuzgan holda respublikamiz fuqarolarini chet ellarda ishga joyilashtirish vakolatiga ega ekanliklari belgilab qo’yilgan. Yuqorida qayd etilgan Nizom shuningdek, respublikamiz fuqarolarini xususiy mehnat kontraktlari bo’yicha chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirishga faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo’yicha chiqish huquqiga ega ekanliklarini belgilab beradi. Shu asosda xususiy mehnat kontraktlari bo’yicha chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma fuqarolarga, ular tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida O’zbeksiton Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga ishga jo’natish uchun nomzodlarni tanlash bo’yicha Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvoffiq Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan rasmiylashtirib beriladi. Shunga asosan xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvoffiq, O’zbekiston fuqarolari uchun chet ellarda mehnat faoliyatini quyidagicha tartibda amalga oshirishlari mumkin: 1. O’zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy mamlakatlar bilan tuziladigan Hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar bo’yicha; 2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tasarrufiy tashkilotlari bo’lgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hamda Fuqarolarni chet ellarda ishga joyilashtirish bo’yicha Toshkent, Buxoro, Nukus, Farg’ona va Qarshi shahar mintaqaviy byurolari tomonidan xorijiy mamlakatlarning vakolatli idora, muassasa va ish beruvchilari bilan tuziladigan shartnomalar va bitimlar bo’yicha; 3. Fuqarolar tomonidan xorijiy ish beruvchilar bilan individual ravishda tuziladigan xususiy mehnat shartnomalar bo’yicha. Demak, respublikamiz hukumatining yuqorida qayd etilgan qarorida O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini amalga oshirish tartiblari aniq-ravshan ko’rsatib o’tilgan. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yiil 12 noyabrdagi 505-sonli qarorining talablaridan kelib chiqib, respublikamiz fuqarolarini chet ellarda ishga joyilashtirish bo’yicha Mehnat va aholini ijtimoiy muofaza qilish vazirligining tasarrufiy tashkilotlaridan boshqa jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan mazkur xizmatlarni ko’rsatishga vakolat berilmaganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim.
Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha xo’jalik xispbidagi mintaqaviy byuroning NAMUNAVIY TUZILMASI Mazkur ilovaga O’zR VM 23.12.2003 y. 561-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan.
Xodimlarning umumiy cheklangan soni 16-18 kishi shu jumladan: boshqaruv xodimlari - 12-14 kishi Xo’jalik xisobidagi byurolar: Fuqarolarni chet elda ishlashga yollash va ishga joiylashtirishni tashkil etish bo’limi
Fuqarolarni yollash va chet ellarda ishga joiylashtirishni tashkil etish bo’limining asosiy vazifalari
Quiyidagilar Fuqarolarni yollash va chet ellrda ishga joiylashtirishni tashkil etish bo’limining asosiy vazifalari xisoblanadi:
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda ishga joiylashishda ko’maklashish; O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda ishga joiylashishda imkoniyatlari va shart-sharoitlari to’g’risidagi axborot bilan ta’minlash; Chet ellarga ishga jo’natish uchun horijiy ish beruvchilarning talablariga muvofiq bo’lgan nomzodlarni tanlash; Idoralararo komissiya tasdig’idan o’tgan nomzodlar ro’yhatini Fuqarolarni chet elga chiqishdan oldin ko’niktirish va o’qitish markaziga yetkazish; Chet ellarda ishga joylashish uchun zarur bo’lgan chiqish hujjatlarini rasmiylashtirishda, shu jumladan viza olishda va boshqa hujjatlarni tayyorlashda fuqarolarga yordam berish; Chet elda kasbiy malakalarini oshirish va mexnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida byuroga murojaat qilib, hujjat topshirgan nomzodlar ro’yxatining xisobot va statistikasini olib borish;
Xalqaro hamkorlik va kontraktatsiya bo’limi
Xalqaro hamkorlik va konraktatsiya bo’limining asosiy vazifalari
1.Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha Buxoro mintaqaviy byurosining xalqaro faoliyat masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish; 2.Byuro raxbariyati va horijiy hamkorlar o’rtasida aloqalarni amalga oshirish; 3.Byuro raxbariyatini xalqaro tashkilotlar, horijiy davlatlarning diplomatik vakillari, O’zbekiston Respublikasi Davlat akkredatsiyasidan o’tgan tashkilot raxbarlari bilan ikki tomonlama aloqalarni amalga oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; 4.Horijiy davlatlardan O’zbekistonga kelgan delegatsiyalarni kutib olishni tashkillashtirish (safar dasturi ishlab chiqish, uchrashuvlar, ovqatlanish, transport xizmatlari, O’zbekiston bo’ylab sayoxatlar tashkil etish); 5.Horijiy davlatlar delegatsiyasi a’zolarini O’zbekistonga kelishi bilan bog’liq (kirish vizasi)ni rasmiylashtirishdagi masalalarda amaliy ko’mak ko’rsatish; 6.Byuro xodimlarini chet elga hizmat safarini tashkillashtirish bo’yicha takliflar kiritish; 7.Davlat idoralari vakillari va horijiy davlatlarning tashqi siyosat idoralari bilan muzokaralar tashkil etish; 8.Marketing izlanishlar olib borish, marketing o’rganishlar tayyorlash, taxliliy ma’lumotlar va mexnat migratsiyasi soxasida hamkorlar qidirish.
Yuridik bo’limi
Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha Buxoro mintaqaviy byurosi faoliyatini xuquqiy ta’minlaydigan, mustaqil tarkibiy bo’linma xisoblanadi.
Yuridik bo’limning vazifalari
Quyidagilar yuridik bo’limning asosiy vazifalari xisoblanadi:
1.Byuro faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda ishtrok etish; 2.Byuro xodimlarining xuquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish; 3.Byuro mulkining saqlanishini xuquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish; 4.Byuroda shartnomaviy-xuquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish; 5.Sudlarda va boshqa idoralarda Byuroning mulkiy va boshqa manfaatlarini xuquqiy ximoya qilish.
|



